30-Durdiyor saylov okrugidan saylangan deputat Alimov Sultonboy okrug hududidagi Xayotbaxsh mahallasida bo‘lib mahalla faollari bilan suxbatlashdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4 apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar yuzasidan mahalladagi yettilik bilan suhbatlashdi va ularning faoliyati o'rganildi. Mahallada olib borilgan xatlov yakunlari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Aniqlangan muammolar tegishli mutasaddi tashkilotlarga berildi va bu ishlarni deputat o'z nazoratiga oldi.