Xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining 3-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doimmiy komissiyalar tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib, muxokama qilindi.
Unga ko‘ra tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Qodirov, tuman majburiy ijro byurosi boshlig‘i E.Abdug‘aniyev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.Yakubovlarning axborot va hisobotlari tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya"si tomonidan hamda
sektorlar tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan sektor kotiblarining, "Ayollar" daftariga bo‘yicha tuman xotin-qizlar bo‘limi rahbari R.Ismoilova, tumandagi Xalq qabulxonasi boshlig‘i Q.Mamajonovlarning axborot va hisobotlari tuman Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiya"si tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Axborot va hisobotlar yuzasidan dolzarb masalalar ko‘tarildi hamda shularni hisoboga olgan xolda xalq deputatlari Paxtaobod tuman Kengashining qaror loyihalari ishlab chiqildi.