Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA MIKROLOYIHALAR AMALIYOTGA JORIY ETILMOQDA

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati J.Usmonov tomonidan Yangi hayot mahallasida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda tadbirkorlikni kengaytirish va yangi mikroloyihalarni ishga tushirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi fuqarolarga jami 90 million so‘m miqdorida 6 ta kredit ajratilgani hamda 3 ta mikroloyiha ishga tushirilgani aniqlandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4