Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Suvonobod mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_va_tasjkilot_hamkorligi
#24_ta_tavsiya #deputat_yon_daftari

❗️Suvonobod mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari K.Mamanova, S.Ulug‘murodov hamda ekspert guruhi a’zosi B.Otajonov hamda mahalla faollari bilan Suvonobod mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida, ayniqsa, elektr ustunlarining texnik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim elektr ustunlarining temir qismlari ochilib, eskirgani va ularni yangisiga almashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Aholi xavfsizligi va mavjud muammolarni bartaraf etish — deputatlar nazoratida!

Slide 1 of 3