Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!

#Paxtakor_tumani_Kengashi
#Madad_hamkorlik

❗️Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim — hamkorlikda!

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi hamkorligida tuman Kengashi kotibiyatida fuqaro S.Keldiyorovning murojaati yuzasidan huquqiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqaroning murojaati tinglanib, uning mazmuni atroflicha o‘rganildi. Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiyalar bildirildi.

Bunday hamkorlikdagi qabullar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 2