#deputat_sorovi
#deputat_nazorati
❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Paxtakor tumani Suvonobod mahallasi Said Ahmad ko‘chasidagi 32-uy atrofida joylashgan elektr ustunlaridan birining yemirilib, metall qismlari ochilib qolgani yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda aholi xavfsizligini ta’minlash, yaroqsiz elektr ustunini yangisiga almashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
Aholi muammolari — deputatlik nazoratida!