Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Paxtakor tumanida maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

#deputat_nazorati
#kuz_qish_mavsumi
#24_ta_muhim_masala

❄️ Paxtakor tumanida maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori Sh.Salimov hamda tuman IIB boshlig‘i Y.Akaboyev tomonidan tumandagi 5- va 16-umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktablarda ko‘mir zaxirasining yetarliligi, isitish tizimlari va tegishli qurilmalarning mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ta’lim muassasalarida issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5