Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

 YOSHLAR EKSPERT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashida Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish, yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar manfaatlariga daxldor masalalarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar masalalariga oid qonunchilik hujjatlari talablari, Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr almashildi.

Mazkur faoliyat mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta tavsiyasida belgilangan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va muammolarini o‘rganish yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda olib borilmoqda.

Yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish ushbu yo‘nalishdagi ishlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Slide 1 of 9