Tadbir Prezidentimiz tomonidan 2026-yil 22-iyunda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun asosida hududiy kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, a’zolarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash" qo‘shma loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
🔵 Trening davomida ishtirokchilar sohadagi qonunchilik normalarini o‘rganib, hududlardagi korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash, axborot almashish va mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish usullarini tahlil qilmoqdalar. Dastur doirasida jamoatchilik nazorati, ochiqlikni ta’minlash hamda OAV va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
➡️ Ta’kidlash joizki, ushbu o‘quv-trening mashg‘ulotlari ertaga ham davom etadi. Unda hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim etiladi.