Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“YUNUSOBOD-MAXSUTRANS” ATFNING 2026-YIL 9 OYLIK FAOLIYATI YAKUNLARI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining 2026-yil 20-oktabrdagi III-26-81-14-206-K/26-son qarori bilan “Yunusobod-Maxsustrans” ATFning 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi.

🚛Korxona tomonidan tumandagi 64 ta mahallaga maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati ko‘rsatilmoqda. Faoliyat davomida 38 ta maxsus transport vositasi, 125 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi va 721 ta konteynerdan foydalanilmoqda.

🔵2026-yil 1-sentabr holatiga aholining 92 084 ta abonenti bo‘yicha 105 854 m³ chiqindi olib chiqilgan. Shuningdek, korxona va tashkilotlardan 83 440 m³ chiqindi olib chiqilishi ta’minlangan.

✅Qarorda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya va ekologik talablariga rioya etish, maxsus transport vositalarining texnik sozligini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.