🏥 Nurafshonda yangi Oilaviy poliklinika o‘z faoliyatini boshladi.
#Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, tibbiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Nurafshon shahrida zamonaviy Oilaviy poliklinika tantanali ravishda ochildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O‘. Rashidov, shahar hokimi I. Klichxanov, Kengash kotibiyati mudiri K. Umarboyev hamda xalq vakillari — deputatlar J.Axmedkulov, K.Xakimov, O.G‘ulomov, A.Churatayeva va Nurafshon shahar MADAT NNT xodimi — deputat N.Niyozovlar ishtirok etishdi.
Yangi tibbiyot muassasasi eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, endilikda mahalla aholisi uzoqqa bormasdan, o‘z hududida malakali tibbiy ko‘rikdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva.
Nurafshon shahri Kengashi axborot xizmati.