Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 13-Mirzo Ulug‘bek saylov okrugidan
saylangan deputat Kenjayev Farxod Babamurodovich tomonidan Istiqlol mahallasida
fuqarolar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi. Qabul davomida aholiniijtimoiy himoya qilish, bandlik masalalari, uy-joy va yer masalalari, kommunal xizmatlar ko'rsatish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilma bilan bog‘liq murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, aniq yechimlar belgilandi.