Deputat mahallada: hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Paxtachi tumani Kengashi 17-Tadbirkor saylov okrugidan saylangan deputat Boliyev Shuxrat Aliqulovich Tadbirkor tomonidan Tadbirkor mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
Tadbirkor mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mahalla rivoji yo‘nalishlari hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hokim yordamchilarining kundalik faoliyati alohida e’tiborda.
Shu doirada deputat Boliyev Shuxrat Aliqulovich mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ish jarayonini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.
Suhbat davomida:
🔹Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi;
🔹Mahallada mavjud ayrim muammolar, shu jumladan bandlik, ijtimoiy yordam va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi;
🔹Deputat tomonidan samaradorlikni yanada oshirish, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.