Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 12-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Eshmuradova Hafiza Saydullayevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 22-son qaroriga asosan saylovchilari oldida I chorak yuzasidan o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalari haqida axborot berdi.
Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mahalla hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.