Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 3-Yobu saylov okrugidan saylangan deputat Muxtorova Nisora Murodillayevna o‘z hududidagi fuqarolar murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganib, har bir masala yuzasidan aniq reja asosida ish olib bormoqda. 

Har bir murojaat individual tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.

Natijada ijtimoiy soha, infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda bandlik bilan bog‘liq qator masalalar yechimi nazoratga olindi. 

Deputat uchun eng ustuvor vazifa — xalq ishonchini oqlash, har bir murojaat ortida turgan inson taqdiriga befarq bo‘lmaslikdir. Tizimli yondashuv va doimiy nazorat esa hudud rivoji hamda aholi farovonligiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2