Yangiliklar

#jarayon

 #Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat D.Safarovaning tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan hududdagi ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlari boshlandi.

Ayni paytda aholiga qulaylik yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash maqsadida ko‘chalarga qum-shag‘al yotqizish va tekislash ishlari olib borilmoqda. Deputatimiz tomonidan bildirilgan ushbu tashabbus saylovchilarning murojaatlari va hudud obodligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

✅ Maqsad: Har bir mahallani namunali va ravon ko‘chalarga aylantirish!

Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva.

Slide 1 of 4