Yangiliklar

🏥 Aholi salomatligi va dori-darmon ta’minoti e’tiborda.

🏥 Aholi salomatligi va dori-darmon ta’minoti e’tiborda.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev, D.Safarova va A.Cho'ratayevalar tomonidan hududdagi tibbiyot muassasalarida #bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Imtiyozli asosda beriladigan dori vositalarining zaxirasi va turlari;

✅ Dorilarning haqiqatda o‘z egalariga (bemorlarga) yetib borish tizimi;

✅ Tibbiyot xodimlarining aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va dori taqsimotidagi intizom.

"Asosiy maqsadimiz — davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish uchun ajratilayotgan dori-darmonlarning har bir bemorga o‘z vaqtida va to‘liq yetib borishini ta’minlashdir," — deydi deputatlar.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 5