Uchrashuv davomida talabalar o‘z kelajakdagi kasbiy faoliyat, ishga joylashish, ish bozoridagi imkoniyatlar va professional rivojlanish yo‘llari haqida savollar bilan murojaat qildilar . Deputat O. Pardayev talabalarga atroflicha javob berib, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, turli grant va dasturlar, shuningdek, o‘z tashabbuslari va maqsadlariga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
Shuningdek, tadbir yoshlar bilan erkin fikr almashish, kelajakdagi professional rejalari bo‘yicha maslahat olish va ish bozoridagi talablar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratdi .
Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy fikr almashish ruhida o‘tdi, talabalar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi.