Yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 2026-yil aprel oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi

O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari F.Nishanovning hisobotini eshitish.

(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

✅Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan shaharda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida Samarqand shahar prokurori o‘rinbosari F.S.Doniyarovning axborotini eshitish.

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

“Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi shahar bo‘limi boshlig‘i R.Islomovning “2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2026-yil uchun mo‘ljallangan ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi hisobotini eshitish.

(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Samarqand shahar gaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i O.Urunovning hisobotini eshitish.

(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqa ehtiyoj mavjud bo‘lgan mahallalarga o‘tkazish toʻgʻrisida

(Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi)

“Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining 2026-yil 28-yanvardagi “2026-yil Samarqand shahar bo‘yicha “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkagol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida”gi VII-25-11-7-107-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

 (Mas’ul: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi KQ-280-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Samarqand shahrida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakuni bilan shakllangan tadbirlarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi)

Nazorat va tashkiliy tadbirlar

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senatga kiritilgan qonunlarni muhokama qilish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X.Qamarov)

Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muxitdinov)

Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish va tahlil qilib borish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi X.Qamarov)

 Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muxitdinov)

OAVda materiallar chop etish va intervyular berish, sessiyalarni jonli efirda yoritish. (Mas’ul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muxitdinov)