Yangiliklar

Elektr ta’minotini yaxshilash – ustuvor vazifa

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan Turon, A.Navoiy hamda Furqat MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVa f-Mintut EUTni rekonstruksiya qilish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

️Mazkur tashabbus hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, uzilishlarni kamaytirish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.

Deputatlik so‘rovi asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur masala o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1