Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Kasimova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

 Bandlik dasturi doirasida hunarmandchilik yo‘nalishida yil yakuniga qadar 110 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan. Shundan 10 tasi yangi hunarmandlar, 65 tasi esa “Usta–shogird” maktablari va boshqa yo'nalishlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Hunarmand uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 10 nafar yangi hunarmand uyushmaga a’zo qilinib, o‘z faoliyatini boshlagan. Shu bilan birga, “Usta–shogird” an’anasi asosida 90 nafar yoshlar tajribali ustalarga biriktirilib, hunarmandchilik sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayoni kuchaytirilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3