24-BAND IJROSI: SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
🏫 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, xususan, isitish tizimlarining holati yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Shu doirada deputat X.Turdiyev tomonidan tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabi va 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mazkur ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari, yoqilg‘i zaxirasi hamda mavsumni betalofat o‘tkazish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
🪵 Aniqlanishicha, davlat tomonidan ajratilgan ko‘mir yoqilg‘isi har ikki tashkilotga yetkazib kelingan. Mas’ullar tomonidan ko‘mir zaxirasi joylashtirilib, usti yopilgan va namlikdan himoyalangan.
📌 Shuningdek, kuz-qish mavsumida ta’lim oluvchilar va xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, isitish tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi — deputatlik nazoratida!