656-SON QAROR IJROSI BO‘YICHA QAROR ISHLAB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori ijrosini tumanda o‘rganish masalasi muhokama qilindi.
Qaror bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi, uy-joy va bandlik masalalarini ta’minlash hamda mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni kompleks o‘rganish belgilandi.
🔎 Doimiy komissiyaning 2026-yil 25-avgustdagi DKQ 03-03/123-26-son qarori ishlab chiqildi.