2-BAND IJROSI: TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat S.Nurmamatova tomonidan Qozoq Nayman mahallasidagi Ezgulik 1-son OSHPda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
Jumladan, muassasada qo‘l yuvish uchun zarur vositalar va jihozlar yetishmasligi, shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun xonalar yetarli emasligi bilan bog‘liq muammolar aniqlandi.
🤝 Shuningdek, hudud aholisi bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.
📌 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash masalasi deputatlik nazoratida bo‘ladi.
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!