5-BAND IJROSI: YETIM BOLALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat X.Turdiyev tomonidan Sinchi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🤝 Jumladan, 15 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilib, ular maktab jihozlari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlangani qayd etildi.
📌 O‘rganish davomida bolalarning ijtimoiy himoyasi, ta’lim olishi va zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish — deputatlik nazoratida!