QUSHCHINOR MAHALLASIDA “100 MAHALLA — YAGONA MUAMMOLAR XARITASI, YAGONA RIVOJLANISH YO‘LI” LOYIHASI DOIRASIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi raisi B.Ochilov tomonidan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida Qushchinor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla faollari, ko‘cha faollari hamda aholi vakillari bilan uchrashilib, hududdagi mavjud holat, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va mahallani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
🔎 Jumladan:
✅ ichki yo‘llarning holati;
✅ ichimlik suvi va elektr ta’minoti;
✅ obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
✅ ijtimoiy soha obyektlarining holati;
✅ aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari
bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
📝 Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish belgilandi.
📊 O‘rganishlar yakuni asosida Qushchinor mahallasining yagona muammolar xaritasi shakllantiriladi, aniqlangan masalalar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinadi.
🎯 Maqsad — muammoni joyida aniqlash, uning yechimini aniq belgilash va mahalla rivojiga xizmat qiladigan amaliy natijaga erishish.