Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 4-"Oq oltin‘" saylov okrugi deputati F.Mamajonov tomonidan “Oq-oltin” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda Maxalla xokim yordamchisi E.Abdusamatov bilan birgalikda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan suxbatlashildi, tegishli masalalr yechildi.
Bulardan: Istiqlol-102a uy 3 xonadonida yashovchi Z.Qurbonovaga "Saxovat va ko'mak jamg'armasi tomonidan jarroxlik amaliyoti uchun pul mablag'i ajratilishi rejalashtirildi. Oqibat-16a uyda yashovchi M.Yuldashevaga imtiyozli kredit ajratildi. Shikorgoh-17 uyda yashovchi M.Abdug'aniyevaga zamonaviy kasb-xunar o'rganish uchun bepul o'qish uchun yo'llanma berildi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid ehtiyojlari, bandlik, moddiy yordam va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan vazifalar qo‘yildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi
📱Telegram (https://t.me/kokand_kengash) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/share/g/14V5hNgnHgx/) | 📱YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputatlariqoqonshaharkeng?si=FhRuB8dX71FB0t0K) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?utm_source=ig_contact_invite&utm_medium=copy_link&utm_content=1110dzf4)