Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-27-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Binokor ko‘chasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda qurilish-ta’mirlash jarayonining holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari qaror ijrosini samarali tashkil etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan muhim amaliy chora hisoblanadi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi
📱Telegram (https://t.me/kokand_kengash) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/share/g/14V5hNgnHgx/) | 📱YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputatlariqoqonshaharkeng?si=FhRuB8dX71FB0t0K) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?utm_source=ig_contact_invite&utm_medium=copy_link&utm_content=1110dzf4)