Tumanda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev hamda Kengash huzuridagi "Yoshlar maslahati" guruhi a’zosi Q. Ilashev tomonidan monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida tumandagi Inson ijtimoiy markazida bo‘lib, davlat tilining qo‘llanish holati, hujjatlar yuritilishi va tashkiliy yozuvlarning qonun talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Monitoring davomida mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Davlat tiliga hurmat va uning to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlash borasida bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.