Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich deputatlik so‘rovi yoʻlladi
📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Artikov Davron Omarbayevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.
⚡️ Taxiatosh tumani suv yetkazib berish xizmati Davlat muassasasi boshlig‘i A.Nazarovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Naymanko'l” mahallasi markazidagi ko‘chalarga tomorqa yerlarini
sug‘orish uchun oqaba suv yetkazib berish masalasi bo'yicha asoslantirilgan tushuntirish bilan taqdim etilishini so‘radi.
📥 Deputat Artikov Davron Omarbayevich mazkur so‘rovlar orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.
✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.