Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Aliyev o‘z saylov okrugidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida aholining muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Ayniqsa, infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar sifati hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat barcha murojaatlar nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar aholining dardini bevosita eshitish va joylarda muammolarni tezkor bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.