Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
#tadbir

#tadbir

Kogon shahridagi “Temir yo‘lchi” mahallasida “Shukronalik va tinchlik – oliy ne’mat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar kengash raisi A Yangiyev ishtirok etdi.

Uchrashuvda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, shukronalik tuyg‘usini kuchaytirish, yoshlar tarbiyasi hamda mahalla institutining jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi fikrlar hamda hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida mahalla faollari va nuroniylar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida birlashish, tinchlikni asrash va kelajak avlodni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.

Kogon shahar kengashi raisi A. Yangiyev mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, shukronalik va tinchlikni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish hamda ijtimoiy faollikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shu bilan birga, mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Tadbir aholi uchun muhim ma’naviy ahamiyat kasb etdi. Kelgusida bunday uchrashuvlar davom ettirilishi ta’kidlandi va hamkorlik kuchaytiriladi mahalla hayotida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5