Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich o‘z saylov okrugida joylashgan ko‘p qavatli uylar hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich o‘z saylov okrugida joylashgan ko‘p qavatli uylar hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyatini o‘rgandi

️O‘rganishlar davomida uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari hamda atrofi hududlaridagi tozalik, yoritish tizimi va umumiy sanitariya holati tahlil qilindi. Afsuski, ayrim manzillarda chiqindi idishlari yetishmasligi, hududlarda tozalik darajasi talab darajasida emasligi, kirish yo‘laklari esa ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul boshqaruv kompaniyalariga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda muammolarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentabr)ga asosan hududlarda obodonlashtirish va kommunal xizmatlar ustidan nazoratni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqaruv kompaniyalarining majburiyatlari, jumladan, uylarning umumiy mulkni saqlash, tozalash va yoritishni ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2015-yil 26-avgust) asosida hududlarda sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash va ko‘rilayotgan choralar kabi qonuniy asoslarga tayangan holda amalga oshirildi.

Fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 6