Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Aholi bandligini ta’minlash masalalari deputat nazoratida. Hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratildi.

1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev  Tarnaut va Hofizrabot mahalla fuqarolar yig’inlarida dehqon xo’jaliklari uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ayniqsa, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida issiqxona xo’jaliklarini tashkil etishda duch kelinayotgan muammolar xususida hudud aholisi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar  o’rganildi.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini ko’paytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, dehqon xo’jaliklariga ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida intensiv usullarni joriy etish muhim ahamiyatga ega.

“Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida har bir ajratilgan yer maydonida ma’lum bir turdagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashish, mahsulot sifatini yaxshilash, bozor talabiga mos ravishda yetishtirishni ta’minlaydi.

Issiqxona xo’jaliklari esa yil davomida mahsulot yetishtirish imkonini beradigan eng samarali yo’nalishlardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa, pomidor, bodring, bulg’or qalampiri, ko’katlar kabi talab yuqori bo’lgan mahsulotlarni yetishtirish orqali yuqori daromadga erishish mumkin.
 

Slide 1 of 1