Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
MEHNATOBODDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI.

Mehnatobod mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi G‘.Yuldashevlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni ijrosi, shuningdek, hududda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib, atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla hududida tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati hamda inkubatorda jo‘ja yetishtirish kabi oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlari o'rganilib, ularning amaliy natijalari va istiqbollari baholandi.

Uchrashuv davomida aholini doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, fuqarolarni daromad keltiruvchi faoliyatga keng jalb etish, xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, shuningdek, kambag‘al oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 6