Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ichimlik suvi masalasi – e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan "Mehnat" mahalla fuqarolar yigʻinida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash holati oʻrganildi.

O‘rganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar, suv ta’minotidagi uzilishlar hamda infratuzilmani yaxshilash masalalari atroflicha tahlil qilindi.

 Fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichimlik suvi sifatini yaxshilash hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday ishlar davom etadi.

Slide 1 of 3