Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari A.Abdumuratov hamda N.Dusmurotov tomonidan SUVTA‘MINOTI MCHJ tuman filialida sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida hududlarda ichimlik suvi ta’minoti holati, mavjud muammolar, tarmoqlarning texnik ahvoli hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, suv yetkazib berish tizimida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.
Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni yaqinlashib kelayotgan sessiyada ko‘rib chiqish rejalashtirildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholining hayot sifatini oshirish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.