Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati J. Shaxmaev Qolg‘onsir mahallasida joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida maktabda jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sport inventarlarining holati o‘rganildi. Shuningdek, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.