Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Allayorova o‘z saylov okrugidagi OSHPda aholi uchun bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minoti holatini o‘rgandi.

️O‘rganish davomida muassasadagi mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga yetkazib berilishi, saqlanish sharoitlari hamda berilish tartibi atroflicha tahlil qilindi.

 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bu boradagi fikr va takliflari tinglandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bepul dori-darmonlar ta’minotini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi.

 Aholi salomatligini ta’minlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish doimiy e’tiborda!

Slide 1 of 2