Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Xolmurzayev Guliston mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tuman tibbiyot birlashmasi, gaz ta’minoti hamda suvoqova idoralaridan mas’ullar ham ishtirok etdilar.
Muloqot davomida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uy-joylarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.