alq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. Jabborova "Xonchorbog‘" mahallasi saylovchilari bilan uchrashib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Mazkur uchrashuv Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi VII-23-19-7-101-K/26-sonli qarori asosida tasdiqlangan deputatlarning saylovchilarga axborot berish grafigiga muvofiq tashkil etildi.
Uchrashuv davomida:
Deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi
Saylovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi
Aholi muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan takliflar olindi
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan yaqin aloqani mustahkamlab, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.