Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📄 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 8-Obod saylov okrugi deputati Tuxtayev Baxtiyor Baxodirovichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

- Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” 1993-yil 6-maydagi O‘RQ-837-XII-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida” 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 2021-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-728-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-781-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi O‘RQ-539-son Qonuni;

- O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son Qonuni.

📃 Mazkur eng muhim qonunlarning mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanishidan asosiy maqsad — Kengash faoliyati samaradorligini yanada mustahkamlash, qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni taʼminlashdan iborat.

📊 Shuningdek, ushbu deputatga Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi. Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.