Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
#Yoshlar_maslahat_guruhi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn seminar yoshlar siyosatini yanada rivojlantirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirishga qaratilgan muhim platforma bo‘ldi

✔️Mazkur seminarda xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar hamda ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar.

✔️Seminar davomida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududiy Kengashlar faoliyatida yoshlar ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash va amaliy natijadorligini oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

✔️Seminarda bildirilgan fikr-mulohazalar va tavsiyalar asosida Toyloq tumani Yoshlar maslahat guruhi a’zolari o‘z oldilariga aniq vazifalarni belgilab oldilar. Jumladan, Kengash faoliyatiga oid masalalarni chuqur o‘rganish, hududdagi muammolarni yoshlar nigohida tahlil qilish, dolzarb masalalar yuzasidan asosli takliflar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishda faol ishtirok etish kabi yo‘nalishlar ustuvor etib belgilandi.

✔️Mazkur seminar yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qaror qabul qilish jarayonlariga keng jalb etish hamda hududlarda olib borilayotgan islohotlarga o‘z hissasini qo‘shishida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 1