Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
#kengash_raisi #96_ta_qonun

✔️Bugun xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D. Ulug‘boyeva Toyloq tumani adliya bo‘limida bo‘lib, hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini samarali tashkil etish masalalarini tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Atamurodov bilan birgalikda muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi hamda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunlar asosida davlat organlari faoliyatida ochiqlik, qonuniylik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat olib borish muhimligi qayd etildi.

✔️Mazkur tashrif hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2