Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat ishtirokida “Yilning eng samarali yetakchisi” tanlovi o‘tkazildi

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida “Samarali menejer maktabi” hamda “Menejer” talabalar ilmiy to‘garagi doirasida “Yilning eng samarali yetakchisi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov “XXI asr mahallasi: tarixiy ildizlardan raqamli va barqaror rivojlanish sari” mavzusiga bag‘ishlanib, O‘zbekistonda Yoshlar kuni hamda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan tashkil etildi.

Tanlovda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 8-Obod saylov okrugi deputati Tuxtayev Baxtiyor Baxodirovich hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.

🔹 Ishtirokchilar bir necha bosqichlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, yetakchilik, kreativlik hamda boshqaruv qobiliyatlarini namoyon etdilar.

🔹 Tanlov natijalariga ko‘ra “Prime Mahalla” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa sardori Zuhra Rasulova esa “Yilning eng samarali yetakchisi” deb e’tirof etildi.

💬 Tadbir yakunida professor Nodira Zokirova mahallaning jamiyatdagi o‘rni, uning zamonaviy va raqamli rivojlanishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.