Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat saylovchilarga axborot berdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 16-fevraldagi VII-23-19-7-101-K/26-sonli qaroriga muvofiq deputatlarning saylovchilarga axborot berish grafigi tasdiqlangan.

Mazkur grafik asosida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Turayev tomonidan M.Ulug‘bek mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuv davomida hududda olib borilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar aholining ishonchini mustahkamlash, ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1