Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Ochilov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Doniyorov tomonidan Shombuloq MFYda yashovchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish natijasida fuqarolar bildirgan e’tirozlar asosli ekani aniqlandi. Xususan, “Ochiq budjet” dasturi doirasida g‘olib bo‘lgan yo‘l qurilish ishlari sifatsiz bajarilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbari hamda mas’ul hokim o‘rinbosari ishtirokida muhokama o‘tkazilib, holatga aniqlik kiritish maqsadida ekspertiza tayinlandi. Shuningdek, yo‘l qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi.
Mazkur masala to‘liq nazoratga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.