Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Bobur nomli mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Oralov Farruxning ish faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishda ishlarni yanada tizimli tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.