Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Galatut mahallasida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakovning fuqarolar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, infratuzilma, ijtimoiy yordam hamda bandlikka oid savollar muhokama qilindi.

Fuqarolar o‘z murojaat va takliflarini bevosita yetkazish imkoniga ega bo‘lishdi. Deputat har bir masalani atroflicha o‘rganib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topish bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida hal etish va ishonchni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3