Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam!
янв.21
Davlat tiliga e’tibor – millatga hurmat!
янв.21
PASTDARG‘OMLIK TADBIRKOR AYOL: SHIRINLIKLAR ORTIDAGI 300 MILLIONLIK DAROMAD
янв.21
Mehnat mahallasida muammolar tinglandi va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashrifi: 32-DMTTdagi muammolar o‘rganildi
янв.21
Deputat savdo markazida: muammolar o‘rganildi va takliflar bildirildi
янв.21
Gumbaz mahallasi muammolari deputat e’tiborida
янв.21
“Parcha Chandir” MFY hududidagi “Shodlik” QVPda muhim loyiha amalga oshirilmoqda
янв.21
Keksa avlod tajribasi – jamiyat ko‘zgusi
янв.21
Elbek MFYdagi muammolar o‘rganildi: ichki yo‘llar va ichimlik suvi masalalari dolzarb
Deputat soʻrovi yuborildi

️Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Urazbayev Mansur Axmadjanovich o‘quvchilar maktabga xavfsiz va bemalol borishlari, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsiz harakatlanish imkoniyatini yaratish hamda aholining yurish madaniyati va hayot sifatini oshirish maqsadida tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

     📌Amudaryo tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Kamalovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:

    1️⃣- Amudaryo tumani Kuyuk ko‘pir ovul fuqarolar yig‘ini saylovchilari bilan deputatlik uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolar aniqlanganligini;

    2️⃣- Muloqot davomida Kuyuk ko‘pir ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi Eshonovul va Abay ko‘chalarida piyodalar yo‘lakchalarini qurish zarurligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirilganligini ma’lum qildi.

     📌Ushbu murojaatlarni inobatga olib:

   1️⃣- Piyodalar yo‘lakchasini qurish orqali fuqarolarning muammosini ijobiy hal etishni;

   2️⃣- Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga muvofiq saylovchilarga axborot berish uchun, ushbu masala bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

    

♻️Deputat M.Urazbayev mazkur so‘rovi orqali o‘z saylovchilari manfaatlarini himoya qiladi va ularning yashash sharoitini yaxshilashga yordam beradi.